Toshkentdagi uy-joylarning ikkilamchi bozordagi o‘rtacha narxi bir yilda deyarli 20 foizga oshdi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotida. Yanvarda ikkilamchi uy-joylar o‘rtacha narxi kvadrat metri uchun 1122 dollarni tashkil etdi. Bektemir, Sergeli va Yashnobodda narxlar biroz oshdi.
O‘zbekistonda 2023-yilda 1,69 mln dona avtotransport vositasi sotildi, bu 2022-yilga nisbatan 18 foizga ko‘p. Elektromobillar savdosi 4,3 borabarga oshib, 25,7 mingta elektrokarni tashkil etdi. Elektromobillarning 71 foizi poytaxtda sotildi.
Noyabr oyida Toshkentda uy ijarasining o‘rtacha narxi 2,1 foizga pasayib, kvadrat metri uchun 9,3 dollarni tashkil etdi, deya ma’lum qildi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. Poytaxtning 10 ta tumanida ijara narxi tushgan, bunda eng arzon hududlar Sergeli va Bektemir bo‘lib turibdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonda oktabr oyida ko‘chmas mulk savdosi 10 foizga kamayganini ma’lum qildi. Mamlakatda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarning 51 foizdan ortig‘i Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona va Samarqand viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
I chorakda O‘zbekiston aholisining ipoteka kreditlariga bo‘lgan talabi yuqoriligicha qoldi, deyiladi Markaziy bank hisobotida. Bu davrda jami 3 trln 260 mlrd so‘mlik kreditlar berilgan. Yangi binolarda uy-joy sotib olish uchun ajratilgan mablag‘lar hajmi esa kamaygan, ikkilamchi bozorda uch baravarga ko‘paygan.
O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida yuqori faollik ikkinchi chorakda ham davom etdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, aprel-iyun oylarida ikkilamchi ko‘chmas mulk narxlari 2 foizga, yangi binolardagi kvartiralar 2,4 foizga oshgan.
2022 yil yanvar oyida 113,2 ming dona (2021 yanvariga nisbatan 126,4% ko‘p) avtotransport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bunday o‘sishga 1 yanvardan avtomobillarni sotib olganlik uchun yig‘imning to‘liq bekor qilinishi va oldi-sotdi shartnomasini notarial rasmiylashtirishda undiriladigan davlat boji BHMning 3 barobarigacha kamaytirilishi sabab bo‘lgan.
2022 yilning birinchi choragida tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari 42 mln dollar miqdorida Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan qayta moliyalashtiriladi. «O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi» AJ o‘z faoliyatini tiklab, ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni davom ettiradi.
Ikkilamchi bozorda ko‘pgina avtomobil modellarining narxi sezilarli darajada oshdi. Narxlarning keskin o‘sishi yangi mahalliy avtomobillarni ishlab chiqarishning sekinlashishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ushbu holat «ikkinchi qo‘l» avtomobillariga bo‘lgan talabni oshirib yubordi.
Avgust oyida Toshkent shahridagi ikkilamchi bozorda turar joy narxlari har kvadrat metr uchun o‘rtacha 7,5 mln so‘mni tashkil qildi, birlamchi bozorda — 8,4 mln so‘m.
Markaziy bank 2021 yilning birinchi yarmida ipoteka bozoridagi vaziyat yuzasidan izoh berdi. Unga ko‘ra, oxirgi yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha qoldiqlar 25,2 foizga — 30,8 trln so‘mga qadar oshdi, muammoli ipoteka kreditlari qoldiqlari ham 4 barobardan ko‘proqqa o‘sib, 480 mlrd so‘mga yetdi. Har oltinchi kvartira ipoteka asosida sotib olinmoqda. Ikkilamchi bozorda ipoteka kreditlari keskin ko‘paydi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining aniqlashicha, ikkilamchi bozor hajmi yiliga taxminan 2 milliard dollarni tashkil etgan holda, har yili 400−500 mingga yaqin oldi-sotdi shartnomalari amalga oshiriladi. ITIM ekspertlari ikkilamchi avtomobil bozordagi avtomobillarning narxlariga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish bo‘yicha amaliy tadqiqot o‘tkazdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting